⚠️ Ushbu sayt test rejimida ishlamoqda. ⚠️

Ilg‘or tuproq xaritalari yaratishda xalqaro tajribalar almashilmoqda

18.06.2026 12:57 Jahongir Temirov 213 ko'rishlar
Ilg‘or tuproq xaritalari yaratishda xalqaro tajribalar almashilmoqda
Xalqaro Seminar

🤩 Tuproq resurslarini samarali boshqarish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish va ilmiy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish bugungi kunda agrar sohaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

📍Shu maqsadda, “Tuproq tahlil markazi” davlat muassasasi mutaxassislari Tailand Qirolligining Bangkok shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro seminarda ishtirok etmoqda.

✍️Mazkur seminar BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Osiyo oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi hamkorligi tashabbusi (AFACI) hamda Global Tuproq Hamkorligi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, “Tuproqdagi oziq moddalar balansi, eroziyasi va tuproq salomatligi” mavzusiga bag‘ishlangan.

🗺Seminarning asosiy maqsadi ishtirokchi mamlakatlarda zamonaviy raqamli tuproq xaritalarini yaratish salohiyatini oshirishdan iborat. Treninglar davomida mutaxassislar tuproqdagi makro va mikro oziq elementlar balansi xaritalari, tuproq eroziyasi xaritalari hamda tuproq salomatligi xaritalarini yaratish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda.

💻Shuningdek, yaratilayotgan ma’lumotlarni Milliy Tuproq Axborot Tizimlari (NSIS)ga integratsiya qilish, ma’lumotlar bazasini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish yuzasidan amaliy ko‘nikmalar mustahkamlanmoqda.

📚Seminar davomida nazariy bilimlar bilan bir qatorda, real mamlakatlar ma’lumotlari asosida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, ishtirokchilarning texnik va tahliliy salohiyatini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

✅Mazkur xalqaro tadbir tuproq salomatligini baholash, yer resurslaridan oqilona foydalanish hamda raqamli tuproq xaritalarini yaratish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni O‘zbekistonda joriy etish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Barcha yangiliklar
ТЕНДЕР ЭЪЛОНИ
14.09.2026

ТЕНДЕР ЭЪЛОНИ

TESTЖиззах вилоятининг Ғаллаорол, Зарбдор, Бахмал, Фориш, Зафаробод, Пахтакор туманлари ва Жиззах шаҳар ҳамда Андижон …

TEST sarlavha
18.12.2025

TEST sarlavha

TEST TEST