Loyiha nomi
"AFACI mamlakatlarida qishloq oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun Milliy tuproq axborot tizimini yaratish (Tuproq 2-bosqich)"
Loyihani amalga oshiruvchi tashkilotlar
"Tuproq tarkibi va repozitoriyasi, sifatli tahlil markazi davlat unitar korxonasi"
Loyiha qiymati va moliyalashtiruvchi tashkilotlar
Loyiha Janubiy Koreyadagi Osiyo oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlik tashabbusi (AFACI) hamda Janubiy Koreya qishloq taraqqiyot boshqarmasi (RDA) tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib, loyiha qiymati 90 ming AQSh dollariga teng.
Loyihani amalga oshirish muddati
Loyiha amalga oshirish 3 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, 2023-yilning noyabr oyidan 2026-yilning noyabr oyiga qadar davom etadi.
Loyiha maqsadi
- Tarixiy qog‘oz ko‘rinishda saqlanayotgan xaritalarni raqamlashtirish, qog‘oz format xaritalar
- Tarixiy qog‘oz ko‘rinishda saqlanayotgan laboratoriya tahlil natijalari hisobotlarini raqamlashtirish
- Tuproq ma’lumotlari aks etgan portal ishga tushiruv va tuproq ma’lumotlar bazasini yaratish
- Respublikaning sug‘oriladigan suvlari tarkibidagi kimyoviy almashinuvchilari kalik (K2O), harakatchan fosfor (P2O5), chirindi (gumus) bilan aniqlangan ko‘rsatkichlarini ifodalovchi raqamli xaritalarni yaratish
- Korxona mutaxassislari uchun raqamli xaritalarni yaratish salohiyatini oshirish treninglarini tashkil qilish
Loyihani amalga oshirishning dolzarbligi
Raqamlashtirish tarixiy qog‘oz ko‘rinishda saqlanayotgan tuproq xaritalarini saqlab qolinishini ta’minlaydi va ma’lumotlarni saqlash va foydalanish imkoniyatini oshiradi.
Kutilayotgan natijalar
- Jami 4500 dona qog‘oz ko‘rinishda saqlanayotgan xaritalarni raqamlashtirish
- 86000 tarixiy qog‘oz ko‘rinishda saqlanayotgan laboratoriya tahlil natijalarini raqamlashtirish